Amaan | Blog
Brendni patentlash | To'liq ma'lumot 2026
2026-yil 7-iyul kuni Rasmiy patent vakilimiz Zokir Umedov seminarda nutq so'zladilar. Unda patentlash haqida ko'plab kerakli ma'lumotlarni berib o'tdilar. Seminardagi videolarni mavzularga bo'lib, tayyor holatda qisqacha matnlari bilan sizlarga taqdim qilmoqdamiz.

Brendni patentlash, intelektual mulkni himoya qilish bo'yicha to'liq qo'llanma

Brendni patentlash nafaqat sizning g'oyalaringizni o'g'irlanishidan asraydi, balki biznesingiz qiymatini oshirib, uni haqiqiy moliyaviy aktivga aylantiradi.
Patentlash borasida bosqichlari va turlari haqida batafsil quyidagi maqolada: https://amaan.uz/tpost/intellektual-mulk-nima
Agar siz o'z brendingizni qonuniy jihatdan qanday himoya qilishni va patentlash jarayonining barcha bosqichlarini o'rganmoqchi bo'lsangiz Adliya vazirligi Rasmiy patent vakili Zokir Umedov ishtirokidagi ushbu video darslar aynan siz uchun. Quyida har bir darsning qisqacha mazmuni va to'liq videolarni taqdim etamiz.
Google da ishonchli manbaa amaan.uz

1 va 2-qismlar: Patent haqida asosiy tushunchalar va u nima uchun kerak?

Brendni patentlashni boshlashdan oldin, jarayonning poydevorini tushunib olish kerak bo'ladi. Dastlabki darslarda patent o'zi nima ekanligi, u tadbirkorga qanday huquqlar berishi va nima uchun har bir biznes egasi o'z savdo belgisini ro'yxatdan o'tkazishi kerakligi aytib o'tilgan. Matn holatida yanada batafsil ma'lumot:
https://amaan.uz/tpost/intellektual-mulk-nima

3-qism: Patentning aynan qaysi turi orqali o'z ishingizni himoya qilmoqchisiz?

Har bir biznes va innovatsiya o'ziga xosdir. Shuning uchun intelektual mulkni himoya qilishning bir necha turlari mavjud. Ushbu qismda ixtirolar, foydali modellar va tovar belgilari o'rtasidagi farqlar hamda sizning biznesingizga qaysi turi ko'proq mos kelishi batafsil yoritilgan.

4 va 5-qismlar: Patent olish jarayonlari va shartlari

Brendni patentlash qanday bosqichlardan iborat? Hujjatlarni qanday tayyorlash kerak? Navbatdagi darslarda rasmiy ro'yxatdan o'tkazish jarayonlari, talab etiladigan muhim shartlar va muddatlar haqida bosqichma-bosqich ma'lumot beriladi. Yana har qanday g'oyani ham patentlab bo'lmasligi va uni baholashdagi 3 ta omil haqida aytib o'tilgan.

6-qism: Patentni qanday qilib moliyaviy aktivga aylantirish mumkin?

Muvaffaqiyatli bizneslar o'z brendidan qo'shimcha daromad manbai sifatida foydalanadi. Olingan guvohnoma shunchaki qog'oz emas, u kompaniyaning balansiga qo'shilishi mumkin bo'lgan kuchli nomoddiy aktivdir. Bu darsda brendni patentlash orqali qanday qilib tijorat maqsadlarida (masalan, litsenziya yoki franshiza sotish orqali) barqaror foyda olish mumkinligi ko'rsatib beriladi. Bu bilan bog'liq hayotda yaqin kunlarda sodir bo'lgan keys bilan bo'lishmoqchimiz. Andijondagi mashhur Cho'g' Burger rahbari Rahmonov Abdulloh aka o'z brendlarini Amaan patent markazi yordamida patentl qildirgan edilar. Lekin Toshkent shahrida bir tadbirkor "Cho'g'" nomi ostida bir kafe ochganlari haqida Abdulloh aka xabar topdilar va Amaanga murojaat qildilar. Biz bu ishni 3 kun ichida ko'rib chiqib, hujjatlarni tayyorladik. 2 tadbirkor o'rtasida kelishuv bo'ldi va cho'g' nomidan noqonuniy foydalangan tadbirkor asl patent egasiga uning brendidan foydalanib turishi uchun moddiy kelishuvga erishdilar.

7-qism: Startap va investorlar uchun maxsus qo'llanma

Investorlar har doim himoyalangan va kelajagi kafolatlangan loyihalarga pul kiritishni afzal ko'rishadi. Startaplar uchun brendni patentlash sarmoya jalb qilish muzokaralarida qanday ustunliklar berishi va nega xalqaro venchur fondlari birinchi navbatda patent himoyasini so'rashi ushbu qismda muhokama qilinadi.

8-qism: Xalqaro patentlash haqida ma'lumotlar

Agar sizning maqsadingiz faqat O'zbekiston bozori bilan cheklanib qolmasdan, global miqyosga (MDH, Yevropa, AQSh) chiqish bo'lsa, xalqaro patentlash tizimlarini bilishingiz zarur. So'nggi darsda brendingizni xalqaro darajada qanday qilib to'g'ri, yagona tizim orqali va ortiqcha xarajatlarsiz ro'yxatdan o'tkazish sirlari ochib beriladi. Bu haqida boshqa bir maqolada batafsil aytib o'tganmiz: https://amaan.uz/tpost/56mxuv7a91-xalqaro-patentlash-xizmatlari-amaan-isho
Bizning xizmatlar

Brendingizni qonuniy himoya qiling

Tovar belgisi va mualliflik huquqi bo'yicha to'liq xizmatlar — bir joyda

11.08.2026