Toshkent · Buxoro · Samarqand · 2026

Amaan
patent agentligi haqida

Amaan — intellektual mulkni patentlash va yuridik himoya sohasidagi ishonchli hamkoringiz. 950+ mamnun mijoz va 98.7% muvaffaqiyatli olingan patent guvohnomalari .

98.7%
Muvaffaqiyatli
patentlash
1700+
Bajarilgan
loyihalar
1000+
Mamnun
mijozlar
3
Filial —
Toshkent, Buxoro & Samarqand

Hammasi qanday boshlangan edi
yillar kesimida

2022

Qonunchilikdagi o'zgarish

Hozirgi ko'rsatib kelayotgan xizmatlarimizning deyarli barchasi bu vaqtda intellektual mulk deportamenti tomonidan amalga oshirilar edi. Keyinchalik intellektual mulk deportamentining tizimiga o'zgartirish kiritilib, ko'plab vazifalarni fuqarolarning o'z ixtiyoriga qoldirdi, natijada ushbu vazifalarni bajarish uchun ehtiyoj tug'uldi. Biz esa shu ehtiyojga yechim o'laroq Toshkentda "ASXAB PATENT" nomi ostida o'z faoliyatimizni boshladik.

Yangi nom - rebrending

Firma "Asxab"dan "Amaan"ga o'zgardi. Bu shunchaki nom emas kompaniyamiz uchun yangi bosqich, aniq maqsad va kuchli brend sari qadam edi.

Buxoroda yangi filial ochildi

Ikkinchi filialimiz Buxoro shahrida "Hamkor biznes markazi"da ochildi. 9 oylik faoliyatdan so'ng "Miral" biznes markaziga ko'chib o'tdi. Kompaniya yanada kengaydi. Bugungi kunda Mustaqillik ko'chasida faoliyat yuritib kelmoqdamiz.

1000+ loyiha.

Mahalliy va xalqaro brendlarni patentlab, mingdan ortiq mijoz bilan ishladik. Har bir guvohnoma — mijozimizning g'oyasini himoya qilish uchun dastlatki qadamlardan biridir.

Yangi Samarqand filiali ochildi

Samarqand shahrida Amaan patentlash agentligining yangi 3-filiali ish boshladi.

G'oyangizni
qonuniy himoya qilamiz

Brenddan tortib ixtiroga qadar — intellektual mulkni himoya qilishning har bir bosqichida yoningizda turamiz.

Brendlarni patentlash

Tovar belgilari, logotip, dizayn va qadoq dizaynlarini rasmiy ro'yxatdan o'tkazish.

Ixtirolarni patentlash

Usul, qurilma, modda, mikroorganizmlar — ixtironing har qanday turini qonuniy himoya qilamiz.

Mualliflik huquqi

Kitob, foto, dizayn, dasturiy ta'minot — ijodiy asarlarni rasmiy himoya ostiga olamiz.

Sanoat namunalari

Mahsulot tashqi ko'rinishi (dizayni)ni qonuniy himoya qilish — boshqalar ko'chirishining oldini olish.

DGU — Dasturiy ta'minot

Dastur, mobil ilova yoki IT mahsulotni rasmiy ro'yxatdan o'tkazib, mualliflik huquqini himoya qilish.

Yuridik himoya

Brendingiz, patentingiz yoki mualliflik huquqingiz buzilganda professional maslahat va himoya.

Siz topshirasiz —
biz hal qilamiz

01
Rasmiy patent vakili
Adliya vazirligining rasmiy patent vakili Zokir Umedov jamoamizda faoliyat ko'rsatadi.
02
Bepul konsultatsiya
Brendingiz patentlanganmi yoki yo'q Bepulga tekshirib beramiz. Hech qanday to'lovsiz. Savolingizga javob olib, keyin qaror qabul qilasiz.
03
Xalqaro tajriba
Mahalliy brendlar bilan birga xalqaro darajadagi mijozlarni ham patentlab kelyapmiz.
04
Hamyonbop narx
Brendingizni himoya qilish narxi — brendingizni yo'qotish narxidan ancha arzon.
98.7%

Topshirgan loyihalarimizning deyarli barchasi muvaffaqiyatli yakunlanib, patent guvohnomasi berilgan.

Tajriba
3+ yil

Tajribali mutaxassislar

Har bir mijozga shaxsiy yondashuv — bu bizning asosiy qoidamiz.

Alisher Teshayev
Asoschi · Marketing bo'limi rahbari
Zokir Umedov
Bosh mutaxassis · Adliya vazirligining rasmiy patent vakili

Uch shaharda
yoningizda

Toshkent, Buxoro va Samarqandda sizni qabul qilishdan mamnunmiz.

Toshkent
Shayxontohur tumani,
Labzak ko'chasi, 64A
Kontaktlar →
Buxoro
Buxoro shahar, Mustaqillik 481,
Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi yaqinida
Kontaktlar →
Samarqand
Samarqand shahar,
Yangi filial
Yangi filial →

Ko'p so'raladigan
savollar

Javob topa olmadingizmi? Biz bilan bog'laning — bepul maslahat beramiz.

Ha, patent guvohnomasi olgandan so'ng, siz ro'yxatdan o'tkazgan brendni boshqalar huquqiy asossiz ishlatsa, ulardan javobgarlikni talab qilishingiz mumkin. Bu sizning eksklyuziv huquqingiz.
Har oylik to'lov yo'q. Ammo patent muddatini saqlab qolish uchun belgilangan vaqtlarda davlat yig'imlari to'lanadi. Biz siz uchun bu jarayonni ham kuzatib boramiz.
Tovar belgisi bo'yicha odatda 12–18 oy davom etadi. Jarayon davomida sizni har bir qadam haqida xabardor qilib boramiz.
O'zbekiston qonunchiligiga ko'ra, patent egasining ruxsatisiz tovar belgisini ishlatish ma'muriy va jinoyat javobgarligiga sabab bo'lishi mumkin. Biz sizga bu jarayonda yuridik yordam ko'rsatamiz.