Klassik bizneslarda korxonaninig mulki deganda yoki aktivlari deyilganda bino, asbob-uskunalar, yer maydoni va hokazolar tushunilar edi. Bugungi kunda esa kompaniyaning g'oyasi, innovatsiyasi uning eng qimmat aktivlaridan biriga aylanib bormoqda. Shu turdagi aktivlar intellektual mulk deb ataladi.
Intellektual mulk — insonning aqliy va ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan mahsulotlar, texnologiyalar, dizaynlar, dasturlar, brendlar va boshqa noyob ishlanmalar ustidan qonun bilan himoyalangan huquqlardir. Bu huquqlar egasiga o‘z ishlanmasidan foydalanish, uni boshqalarga litsenziya orqali berish yoki noqonuniy foydalanishni taqiqlash imkonini beradi.
Intellektual mulk nima uchun kerak?
Intellektual mulk himoyasi bu rus tilida aytganda korxonaning eng katta "straxovka"laridan biri. Tadbirkorlar biznes boshlashda reklama, ofis va uskunalarga katta mablag‘ sarflashadi. Ammo brend yoki ishlanmani huquqiy himoya qilishni kechiktirishadi. Bu orada boshqalar ularning intellektual mulklarini patentlab olishlari xavfi ortadi. Masalan, siz brend logo va dizayn ishlab chiqdingiz. Lekin uni qonuniny himoya qilmadingiz. Keyinchalik agar sizdan avval kimdir uni patentl qilsa o'zingiz ishlab chiqqan g'oya, intellektual mulkdan ham foydalana olmay qolishingiz mumkin. Bunday holatlar tajribamizda uchrab turadi. Masalan Andijonlik tadbirkor mijozimiz Muhammadali aka o'zlarining yangi brendlarini hali ish boshlamay turib patent qildirib oldilar. Quyidagi videoda bu haqida batafsil aytib o'tilgan.
Shu sababli rivojlangan davlatlarda ham, O‘zbekistonda ham intellektual mulkni himoya qilish biznes strategiyasining muhim qismlaridan biri hisoblanadi.
Mualliflik huquqi quyidagilarni himoya qiladi: kitoblar, asarlar, maqolalar, rasmlar, videolar, kompyuter dasturlari, fotosuratlar, mobil ilovalar va boshqa...
Mualliflik huquqi asar yaratilgan paytdan boshlab avtomatik vujudga keladi. Agar uni uni rasmiy ro‘yxatdan o'tkazsangiz kelajakdagi nizolarni hal qilishda muhim dalil bo‘lishi mumkin. Amaan mualliflik huquqlari markazi bilan bog'lanish uchun quyidagi havola orqali o'ting:
Texnik jihatdan yangi yechimlar ixtiro sifatida patentlanadi.
Ixtiroga nimalar kiradi?
yangi ishlab chiqarish usuli;
yangi mexanizm;
yangi texnologiya;
innovatsion qurilma.
Patent egasiga ma’lum muddat davomida ushbu yechimdan foydalanish bo‘yicha eksklyuziv huquq beradi.
4. Foydali model
Foydali model ixtiroga o‘xshash ko'rinsada, texnik yechim soddaroq bo‘ladi.
Ko‘pincha:
uskunalar;
mexanik qurilmalar;
ishlab chiqarish vositalari
5. Sanoat namunasi
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi himoya qilinadi. Masalan: mebel dizayni, telefon korpusi, kiyim dizayni va hokazo.
6. Kompyuter dasturlari va mobil ilovalar
Dasturlar va ilovalar bugungi IT bozori uchun eng muhim obyektlardan biri. Hozir juda ommalashgan CRM, ERP boshqa avtomatizatsiya dasturlari mualliflik huquqi orqali himoyalanadi.
Patent qildirish uchun uzoqqa borish shart emas. Uydan chiqmasdan turib patent qildirishingiz mumkin. Albatta Amaan patent markazi yordamida. Agar offislarimizga tashrif buyurmoqchi bo'lsangiz ular unchalk uzoq emas, sizga yaqin:
O‘zbekistonda intellektual mulk qanday himoya qilinadi?
O‘zbekistonda intellektual mulk obyektlari qonunchilik asosida davlat tomonidan himoya qilinadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror bilan mustahkamlab qo'yiglan. Mualliflik huquqi kabi Intellektual mulk obyektlar yaratilgan paytdan boshlab himoyalansa, tovar belgisi, ixtiro, foydali model va sanoat namunasi kabi obyektlar vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng huquqiy muhofazaga ega bo‘ladi. Masalan, Amaan patentlahs va muallik huquqlari markazi uzoq yillardan ber bu jarayonlarning barcha bosqichlarida o'z xizmatlarini taklif etib kelmoqda.
Laghan brendi asoschisi Azim aka Bayankhanov Amaan patent markazi haqidagi fikrlari:
Nom va logotiplarni chiroyli patentlab, faqat o’zingiz ishlata oladigan qilib beradigan Amaan.uz patentlash xizmatidan foydalansalar bo'ladi. Ular hammasini joyida, vaqtida va tez qilib berishadi. Bizning loyiha ham atigi 1 oy ichida tayyor bo’ldi