Bu maqolamizda patentlash narxlarining 2026-yilgi holati bayon qilinadi.
Patent sinflari
Eng avval bilishimiz kerak bo'lgan narx bu Davlat bojlarining narxi. Chunki davlat bojlari uchun to'lovlar 2 qismga bo'linadi: Ariza topshirish uchun davlat boji va guvohnoma olish uchun davlat boji.
Ariza topshirish uchun davlat boji birinchi to'lanadi, 7 yoki 1 oylik patentlash muddatida patent chiqqanidan keyin guvohnoma uchun 2-davlat boji to'lanadi.
Amaan ishonchli patentlash agentligi sizga brendingizni patentlash imkoniyati bor yoki yo'qligini bepulga tekshirib beradi
Brend patentlash uchun 2026-yil hisobi bo'yicha narxlar qancha? (jismoniy shaxslar uchun)
2026 yilda bitta sinf uchun ariza topshirish davlat boji - 1'648'000 so'm ( bir million olti yuz qirq sakkiz ming) tashkil etadi.
Huddi shu ariza uchun to'lov agar tezkor ya'ni 1 oylik tezkor patentlash uchun ham huddi shuncha ya'ni 1'648'000 ( bir million olti yuz qirq sakkiz ming) so'mni tashkil etadi.
Bundan kelib chiqadiki agar siz tezkor patentlamoqchi bo'lsangiz ham yoki standar tarifda (7-10 oylik) patentlamoqchi bo'lsangiz ham bir xil miqdorda davlat boji to'laysiz.
2-qism: guvohnoma uchun to'lanadigan davlat boji
2026-yil mart oyi hisobi bo'yicha guvohnoma uchun to'lanadigan davlat boji bitta sinf uchun - 2,801,600 so'm (2 million, 801 ming, 600 so'm) tashkil etadi. Bu narx standard holatdagi patentlash narxi.
Tezkor patentlash uchun esa guvohnoma uchun to'lanadigan davlat bojidan tashqari tezlashtirilgan shartnoma uchun ham qo'shimcha 5,537,280 so'm (5 million, 537 ming, 280 so'm) to'lashingiz kerak bo'ladi.
Huddi shu tarzda bir vaqtning o'zida 2 ta sinf bo'yicha patentlamoqchi bo'lsangiz davlat bojlari quyidagicha bo'ladi:
- Ariza topshirish 1-patent boji: 1,854,000 so'm (1 million, 854 ming so'm)
- Registratsiya 2-patent boji: 3,213,600 so'm (3 million, 213 ming, 600 so'm)
Bundan ko'rinib turibdiki, bir vaqtning o'zida bir nechta sinfga patent olish keyinchalik alohida olishdan ko'ra hamyonbop bo'ladi.
Brend patentlash uchun 2026-yil hisobi bo'yicha narxlar qancha? (yuridik shaxslar uchun)
1-bosqichdagi ariza uchun yuridik shaxslar to'laydigan davlat bojlari quyidagicha:
Ariza uchun davlat boji 2 472 000 so'm (2 million, 472 ming so'm)
2-bosqichdagi Guvohnoma uchun davlat boji - 4 779 200 so'm (4 million, 779 ming, 200 so'm)
Tezlashtirilgan patent uchun shartnoma to'lov esa - 5,537,280 so'm (5 million, 537 ming, 280 so'm). Ya'ni tezlashtirilgan shartnoma uchun to'lov narxi jismoniy va yuridik shaxslar uchun bir xil miqdorda to'lanadi.
Mualliflik huquqi olish narxlari qancha? 2026-yil hisobi bo'yicha
Bunda mijoz bizga ishonchnoma berishi kerak bo'ladi. Biz mijozning nomidan
Adliya vazirligi ariza, ishonchnoma va shartnomalarni to'liq tog'ri kiritib,
guvohnomani olib berish bilan shug'ullanamiz.
Mualliflik huquqi olishda keark bo'ladigan hujjatlar
- Ariza
- Ishonchnoma
- shartnoma
- Muallifning pasport ma'lumotlari, yashash manzili, kerak bo'ladi
Mualliklik huquqini olish narxlari:
Ishlarni to'liq patent vakilimiz olib boradi.
Mualliflik huquqi asarlariga quydagilar kiradi: Sher, kino, senariy, o'quv
qo'llanma, kitob, roman, pyesa chizilgan rasmlar va hokazolar kiradi.
Ixtiroga patent olish narxlari | 2026-yil hisobi bo'yicha
Mohiyatan ekspertiza jarayonida BHM ni 6 barobari .
So'ngida patent chiqganida bhm'ning 4,8 barobari miqdorida to'lov qilish kerak bo'ladi.
Eslatma! Ixtironi patentlash narxi bitta yoki to'plam ixtiro bo'lishiga va jismoniy-yuridik shaxs nomiga olinishiga qarab o'zgarishi mumkin.
Bazaviy hisoblash miqdori (bhm) 2026-yil hisobi bo'yicha qancha?
Havola
1. Jismoniy shaxslar uchun brend (savdo belgisi) patentlash narxlari
2. Yuridik shaxslar uchun brend (savdo belgisi) patentlash narxlari
3. Mualliflik huquqini olish (Depozitariylash)
4. Ixtiro uchun patent olish narxlari
+998 (55) 588-8777