Brendni himoya qilish jarayonidagi muhim bosqichlardan biri tovar belgisini qaysi sinflarda patentlashni aniq tanlashdir. O‘zbekiston va xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan Nitsa klassifikatsiyasi (NCL) bo‘yicha barcha xizmatlar va mahsulotlar 45 ta sinfga bo‘lingan bo‘lib, har bir sinf ma’lum bir soha yoki tovar turini ifodalaydi. To'g'ri sinflar tanlansa yaxshiku-ya, lekin notog'ri tanlab qo'ysangiz himoyasiz qolasiz.
Masalan, siz oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi bo‘lsangiz 29–30-sinflar kerak bo‘ladi. Kiyim-kechak bozorida ishlasangiz 25-sinf. Dasturiy ta’minot yaratadigan kompaniyalar uchun esa 9 va 42-sinflarda patent olish kerak bo'ladi.
Shu sababli Amaan Patentlash agentligida har bir loyiha keng qamrovli ekspert tekshiruvi asosida, aniq sinflarni tanlash bilan boshlanadi. Bu esa brend egalariga 10 yil davomida chinakam huquqiy himoya beradi.
Patent sinflari nima va ular nega muhim?
Patentlash sinflari (trademark classes yoki tovar belgisi sinflari)- bu tovar belgisi qayta-qayta bir xil sohada ishlatilmasligi uchun yaratilgan xalqaro tasnif tizimidir. Har bir tadbirkor yoki kompaniya yo‘nalishiga qarab sinflarni tanlaydi va brendni aynan yo'nalishda himoya qiladi.
Agar brend faqat bir sinfda patentlansa, boshqa sohalarda shu nomdan foydalanishga to‘sqinlik qilolmaydi. Masalan: “Falonchi” nomini kimdir 25-sinf (kiyim-kechak) uchun patentladi deylik. Bu patent guvohnomasi ularga 30-sinf (shirinliklar) bo‘yicha huquq bermaydi.
Amaan patentlash agentligida sinflarni tanlashdan oldin Adliya vazirligi, WIPO, Yandex, Google bazalari orqali brend o‘xshashligi bo‘yicha chuqur ekspert tekshiruvini o‘tkazamiz.
Tovar, mahsulotlar bo'yicha sinflar:
1-sinf: Kimyoviy moddalar 2-sinf: Bo'yoqlar 3-sinf: Kosmetika va tozalash vositalari 4-sinf: Moylash materiallari va yoqilg'ilar 5-sinf: Farmatsevtika 6-sinf: Metall buyumlar 7-sinf: Mashinalar 8-sinf: Qo‘l bilan ishlatiladigan mexanik bo‘lmagan asboblar (bolg'alar, arralar, qisqichlar, otverkalar...) 9-sinf: Elektr va ilmiy apparatlar 10-sinf: Tibbiy apparatlar 11-sinf: Atrof-muhitni nazorat qilish qurilmalari 12-sinf: Transport vositalari 13-sinf: O'qotar qurollar 14-sinf: Zargarlik buyumlari 15-sinf: Musiqa asboblari 16-sinf: Qog'oz buyumlari va bosma materiallar 17-sinf: Rezina buyumlar 18-sinf: Charm buyumlar 19-sinf: Metall bo'lmagan qurilish materiallari 20-sinf: Boshqa tasniflanmagan mebel va buyumlar 21-sinf: Uy anjomlari va shisha 22-sinf: Arqon va tolalar 23-sinf: Tikuv va to'qimachilik iplari 24-sinf: Matolar 25-sinf: Kiyim-kechak 26-sinf: Bezak buyumlari va aksessuarlari (munchoqlar, tasmalar, bezaklar, tugmalar, zamok, munchoqlar...) 27-sinf: Pol qoplamalari 28-sinf: O'yinchoqlar va sport anjomlari 29-sinf: Go'sht va qayta ishlangan oziq-ovqatlar 30-sinf: Asosiy oziq-ovqatlar 31-sinf: Tabiiy qishloq xo'jaligi mahsulotlari 32-sinf: Yengil ichimliklar 33-sinf: Vino va spirtli ichimliklar 34-sinf: Chekuvchilar uchun buyumlar
Xizmatlar bo'yicha sinflar
35-sinf: Reklama va biznes 36-sinf: Sug'urta va moliyaviy xizmatlar 37-sinf: Binolarni qurish va ta'mirlash 38-sinf: Telekommunikatsiya 39-sinf: Transport va saqlash 40-sinf: Materiallarni qayta ishlash 41-sinf: Ta'lim va ko'ngilochar 42-sinf: Kompyuter va ilmiy 43-sinf: Mehmonxonalar va restoranlar 44-sinf: Tibbiy, go'zallik va qishloq xo'jaligi 45-sinf: Shaxsiy va yuridik
Faoliyatingiz kengayib yangi sohalarda patent olish vaqtida qayta davlat boji to'lashingizga to'g'ri kelmasligi uchun birato'la bir nechta sinflarda patent guvohnomasi oling! Bunda Amaan sizga ishonchli yordam beradi
Patentlash sinflari bo'yicha bepul konsultatsiyaga ega bo'ling