Amaan | Blog

Brendni patentlash — biznesning qonuniy himoyasi

Brendni patentlash — biznesning qonuniy himoyasi

Brendni patentlash — bu tadbirkorlarning brendlarini qonuniy yo'l orqali davlat tomonidan muhofazaga olish hisoblanadi.
Tadbirkorlarning o'z brendlarini patentlashi bugungi kunda O'zbekistonda sezilarli darajada oshgan. Bu ma'lumotlar Intellektual mulk departamentining rasmiy saytida foiz ko'rsatkichida ham berilgan. Brendni patentlash tadbirkorga yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavfni oldini olish imkonini beradi. Brendni himoya qilish uning xafsizligini ta'minlash hisoblanadi. Bugungi kunda O"zbekistonda brend tovar belgisi sifatida 10 yil muddatga patentlanadi va bu muddatni patent egasi yana davomiy cho'zdirishi mumkin.
Brendni patentlash jarayoni O'zbekistonda 7 oy muddatni o'z ichiga oladi. Brendini patentlagan tadbirkorga Adliya vazirligi tomonidan tovar belgisi patentlanganligi to'g'risidagi guvohnoma topshiriladi va bu guvohnoma o'z egasiga aynan o'sha brend bo'yicha mutlaq huquqlar beradi. Patentlangan brend o'z egasiga moddiy jihatdan daromad olib keladi va bu narsa bugungi kunda amaliyotda keng uchramoqda. Brendini patentlagan tadbirkorlar o'z haq-huquqlarini qonuniy talab qilishi mumkin.
Patentlash jarayonini 1 oy muddatga tezlatish ham mumkin, shunda 6 oylik vaqtingiz va asabingiz tejaladi. Bu bo'yicha bizga murojaat qilishingiz mumkin.
Patent qildirish bo'yicha mutaxassis izlayotgan bo'lsangiz, bizga murojaat qiling:
+998 (91) 009-66-30