Amaan | Blog

Xalqaro patentlash xizmatlari | Amaan ishonchli xalqaro patentlash agentligi

Xalqaro patentlash xizmatlari | Amaan ishonchli xalqaro patentlash agentligi

Xalqaro patentlash xizmatlari | Biznesingizni global miqyosda himoya qiling

Bugun brend, texnologiya yoki intellektual mahsulotni faqat bitta davlat doirasida himoyalash yetarli bo'lmoq qolmoqda. Siz ham mahsulot yoki xizmatingizni boshqa davlatlarda rivojlantirishni, kengaytirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, xalqaro patentlash muhim qadamlardan hisoblanadi. Xalqaro patentlash orqali siz o‘z brendingizni, ixtiroingizni yoki mualliflik huquqingizni bir nechta davlatlarda bir vaqtning o‘zida qonuniy himoya ostiga olishingiz mumkin.

Xalqaro patentlash - bu faqat hujjat topshirish jarayoni emas, balki strategik rejalashtirish, bozor tahlili va huquqiy xavflarni kamaytirishga qaratilgan murakkab jarayondir. Mutasislarimiz tomonidan amalga oshirilgan patentlash kelajakda brendingizdan noqonuniy foydalanish, nusxalash yoki sud tortishuvlarining oldini olishga yordam beradi.

Mahalliy va xalqaro patentlar o'rtasidagi farq quyidagi maqolamizda:

Mahalliy patent vs WIPO

Xalqaro patentlashning asosiy afzalliklari

Xalqaro patentlash bir vaqtning o‘zida bir nechta davlatlarda eksklyuziv huquq beradi. Natijada:

  • brendingiz xalqaro miqyosda himoyalanadi
  • raqobatchilarning o‘xshash nom yoki mahsulotdan foydalanishi cheklanadi
  • litsenziya berish yoki franchayzing orqali daromad olish imkoniyati paydo bo‘ladi
  • investorlar oldida loyihangizning huquqiy qiymati oshadi

Xalqaro patentlash qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?

Xalqaro patentlashning asosiy bosqichlar quyidagilardan iborat:

1. Dastlabki tekshiruv (ekspertiza)

Patentlanishi rejalashtirilgan nom, logotip yoki ixtiro xalqaro bazalarda (WIPO, Madrid tizimi va boshqa ochiq manbalar) tekshiriladi. Bu bosqich o‘xshash yoki bir xil patentlarning mavjudligini aniqlash uchun qilinadi.

2. Qaysi davlatlar uchun patent guvohnomasi olinishi rejalanadi

Qaysi davlatlarda patentlash zarurligi aniqlanadi. Ba’zi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri alohida davlatlar tanlanadi, ba’zi hollarda esa Madrid tizimi orqali bir nechta davlatni qamrab olish ham mumkin.

3. Ariza topshirish

Talabnomaga arizachi ma’lumotlari, patent obyekti tavsifi, sinflar, sanasi va zarur hujjatlar kiritiladi. Ariza milliy idora yoki WIPO orqali topshiriladi.

4. Rasmiy va mazmuniy ekspertiza

Vakolatli organlar hujjatlarni ko‘rib chiqadi. Zarur bo‘lsa, qo‘shimcha savollar yoki tuzatishlar so‘raladi.

5. Qaror va guvohnoma berilishi

Jarayon muvaffaqiyatli yakunlangach, xalqaro patent guvohnomasi rasmiylashtiriladi va huquqiy himoya kuchga kiradi.

Xalqaro patentlash bo'yicha oxirgi katta loyihalarimizdan biri bu "LOOOK" fast-food tarmog'i bo'ldi


Xalqaro patentlashni haqiqiy mutahasislarga qo'yib bering

Zokir Umedov - Adliya vazirligining rasmiy patent vakili jarayonni nazorat qiladi
Bizning manzillar:

  • Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi 64A-uy

👉 Yandex xarita orqali ko'rish


Asosiy sahifa | Biz haqimizda | Bizning xizmatlar