Brendingizni tovar belgisi sifatida patentlab olganingizdan so‘ng, siz patent olgan sinflar bo‘yicha boshqa hech kim ushbu nomdan yoki unga o‘xshash belgidan foydalana olmaydi. Tovar belgisi huquqi 45 ta sinflarga bo‘linadi, shu sababli aynan ro‘yxatdan o‘tkazgan yo‘nalishlaringizda brend faqat sizga tegishli bo‘ladi. Bu esa boshqalar tomonidan brendingizni ishlatish, takrorlash yoki patentlashning oldini oladi va sizga o‘z sohangizda to‘liq huquqiy himoya beradi.