Patent agentlik: brendingizni 1 oyda o'zingizniki qilamiz

Amaan — O'zbekistondagi litsenziyali patent agentlik. Brend, logotip va tovar belgisini patentlaymiz: tezkor ekspertiza va 10 yillik qonuniy himoya.

  • 1 oytezkor ekspertiza
  • 10 yilqonuniy himoya
  • Butun dunyobo'ylab patentlash
Amaan patent agentligi ofisi joylashgan zamonaviy bino
patentni bepulga tekshirish
Bepul tekshiruv
Patent sinflari bo'yicha to'liq qo'llanma saytning blog qismida

Biz bilan brendini patentlagan mijozlar

Patent agentligimiz xizmatidan foydalangan kompaniya va brendlar.

Barcha mijozlar →
Loookfast food tarmog'i
Markaziy Bank logotipi — Amaan patent agentligi mijoziMarkaziy Bank
Azizon kolbasa va go'sht mahsulotlari logotipi — patentlangan brendAzizonkolbasa va go'sht mahsulotlari
Assodiq logotipi — Amaan patent agentligi mijoziAssodiq
Laghan osh markazi logotipi — patentlangan brendLaghanosh markazi
Al-Barakat logotipi — Amaan patent agentligi mijoziAl-Barakat

Patent agentlik nima qiladi?

Patent agentlik — brend, ixtiro yoki dizaynni Intellektual mulk agentligida ro'yxatdan o'tkazishda sizning nomingizdan ishlaydigan mutaxassis tashkilot. Biz qidiruvdan tortib guvohnoma olishgacha bo'lgan barcha bosqichni o'z zimmamizga olamiz, siz esa biznesingiz bilan shug'ullanasiz.

Patent — brend nomi va logotipini shaxsiy yoki korxona mulkiga aylantirishdir. Mulk huquqi sizga o'tgach, boshqalar brendingizdan foydalana olmaydi. Mustaqil topshirilgan talabnomalar ko'pincha ekspertiza so'rovlari, tasnif xatolari yoki o'xshash belgilar sababli kechikadi yoki rad etiladi. Tajribali patent agentlik bu xavflarni oldindan baholaydi.

Qidiruv va baholash

Brend avval ro'yxatdan o'tgan-o'tmaganini tekshiramiz va rad etilish xavfini oldindan aytamiz.

Hujjatlar va topshirish

Talabnomani to'g'ri tasnif va rasmiylashtirish bilan tayyorlab, rasman topshiramiz.

Ekspertiza bilan ishlash

Ekspertiza so'rovlariga yozma javob tayyorlaymiz va jarayonni oxirigacha olib boramiz.

Patentsiz brend xavf ostida

Kompaniya sizga tegishli bo'lishi mumkin, ammo brendingiz chindan sizga tegishlimi? Patent bo'lmasa, quyidagi xavflar real.

Brend o'g'irlanishi

Brendingizni boshqa kishi patentlab olsa, siz brendsiz qolasiz, brend uchun sarflangan pul kuyadi, o'zingiz esa jarimaga tortilishingiz yoki brendni qimmatga sotib olishingiz mumkin.

Qonuniy himoyaning yo'qligi

Patentlanmagan brend himoyalanmaydi. Undan boshqalar osongina foydalanadi, siz esa ularga qarshi kurasha olmaysiz.

Eksportdagi muammolar

Boshqa davlatga chiqishda o'sha yerda sizning nomingizga mos, patentlangan biznesga pul to'lashga majbur bo'lishingiz mumkin.

Kontrafakt

Brend yagonaligini yo'qotadi, nomingiz ostida soxta mahsulot va xizmatlar sotiladi.

Patent agentligimiz xizmatlari

Patentlashning istalgan turi bo'yicha kompleks yordam beramiz.

Tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilari

Brend nomi, logotip va sloganni patentlash.

Ixtirolar

Yangi texnik yechimlar uchun patent.

Foydali modellar

Qurilma va uskunalar uchun himoya.

Sanoat namunalari

Mahsulot tashqi ko'rinishi va dizayni himoyasi.

EHM va ma'lumotlar bazasi

Dasturiy ta'minot va bazalarni ro'yxatdan o'tkazish.

Seleksiya yutuqlari

O'simlik navlari va hayvon zotlari uchun himoya.

Integral mikrosxemalar topologiyalari

Mikrosxema tuzilmasining huquqiy himoyasi.

Tovar kelib chiqqan joy nomi

Geografik ko'rsatkichlarni ro'yxatdan o'tkazish.

Patentlash jarayoni: 6 qadamda guvohnomagacha

Siz ma'lumot va hujjatlarni topshirasiz, qolgan hammasini patent agentligimiz bajaradi. Xizmat turiga ko'ra 1 oydan 7 oygacha vaqt ketadi.

  1. 1
    QidiruvTovar belgisi avval ro'yxatdan o'tmaganini bazadan tekshiramiz.
  2. 2
    Hujjatlar va to'lovKerakli hujjatlarni yig'amiz, to'lovni qabul qilamiz.
  3. 3
    Talabnoma topshirishPatentga talabnomani rasman topshiramiz.
  4. 4
    Tezkor ekspertizaEkspertiza jarayoni boshlanadi.1 oy
  5. 5
    So'rovnomalarga javobEkspertiza so'rovlariga yozma javob yozamiz.
  6. ✓
    GuvohnomaPatentlangan brend guvohnomasini topshiramiz.
Tezkor ekspertiza1 oy
Standart jarayon7 oygacha

Brend patentlashga talab yil sayin o'smoqda

Intellektual mulk agentligiga yiliga topshirilgan talabnomalar soni 2010-yildagi 2377 tadan 2024-yilda 10 968 tagacha oshdi. 2025 va 2026-yillarda ham o'sish sezilarli davom etmoqda: tadbirkorlar brendni himoyalash muhimligini tobora ko'proq anglamoqda.

Bu shuni anglatadiki, har yili bozorda bo'sh brend nomlari kamayib bormoqda. Brend nomini qanchalik tez patentlasangiz, o'xshash nom bilan to'qnashish xavfi shunchalik kam bo'ladi.

Yillik topshirilgan talabnomalar soni, 2010–2026 2010-yilda 2377 ta, 2024-yilda 10968 ta talabnoma topshirilgan. 2025 va 2026-yillarda sezilarli o'sish kutilmoqda. 23772010: 2377 ta 23702011: 2370 ta 26272012: 2627 ta 21142013: 2114 ta 24742014: 2474 ta 29002015: 2900 ta 32442016: 3244 ta 38452017: 3845 ta 38352018: 3835 ta 43202019: 4320 ta 41232020: 4123 ta 63932021: 6393 ta 72222022: 7222 ta 68292023: 6829 ta 109682024: 10968 ta o'sish2025: sezilarli o'sish o'sish2026: sezilarli o'sish 20102011201220132014201520162017201820192020202120222023202420252026
Trend chizig'iUstun ustiga olib borib, aniq sonni ko'ring
Manba: Intellektual mulk agentligi statistikasi, 2010–2024. Shtrixli ustunlar (2025–2026) — kutilayotgan o'sish, aniq raqamlar e'lon qilinmagan.

Tovar belgisi, patent va mualliflik huquqi: farqi nimada?

Ko'pchilik bu tushunchalarni aralashtiradi. Qaysi himoya sizga kerakligini shu jadval orqali aniqlang.

Himoya turiNimani himoyalaydiMisol
Tovar belgisiBrend nomi, logotip, sloganKafe nomi va logotipi
Ixtiro / foydali modelTexnik yechim, qurilmaYangi uskuna konstruksiyasi
Sanoat namunasiMahsulotning tashqi dizayniIdish yoki qadoq shakli
EHM va ma'lumotlar bazasiDastur kodi va bazalarMobil ilova
Geografik ko'rsatkichMahsulotning kelib chiqish joyiHududga xos mahsulot nomi

Qaysi turi sizga mos ekanini bilmasangiz, patent agentligimiz bepul konsultatsiyada aniqlab beradi.

Patent agentlik xizmati kimlar uchun kerak?

Yangi biznes ochayotganlar

Nom va logotip tayyor bo'lgach, ommaga chiqishdan oldin patentlang, shunda reklama xarajatlari behuda ketmaydi.

Ishlab chiqaruvchilar

Mahsulot nomi, qadoq va dizaynni nusxa ko'chirishdan himoyalang.

Eksportchilar

Chet elda brendingiz boshqa kishiga tegishli bo'lib qolmasligi uchun oldindan patentlang.

Franchayzing bermoqchilar

Brendni boshqalarga foydalanishga berish uchun avval mulk huquqini rasmiylashtirish kerak.

Patent natijasida nimaga erishasiz

10 yil

Qonuniy muhofaza

Brendingiz 10 yil davomida qonun bilan himoyalanadi.

Mutlaq huquq

O'z sohangizda

Brendingiz bo'yicha mutlaq huquqqa ega bo'lasiz.

Litsenziya

Boshqalarga berish

Brendingizdan foydalanish huquqini boshqalarga berishingiz mumkin.

Guvohnoma

Rasmiy hujjat

Adliya vazirligi tomonidan brendingiz patentlangani to'g'risidagi guvohnoma.

Nega Amaan patent agentligi

Tezlik

Xizmat turiga ko'ra 1 oydan 7 oygacha.

Kompleks xizmat

Patentlashning istalgan turi bo'yicha yordam beramiz.

Hamyonbop narx

Brendingiz himoyasi xizmat narximizdan qimmatroq.

Jarayon soddaligi

Sizni barcha ovoragarchiliklardan xalos etamiz.

Xizmatlarimiz litsenziyaga ega.

Brendingizni himoya qilishga tayyormisiz?

Bepul konsultatsiya beramiz va brendingizni bazadan bepul tekshiramiz.

Bepul konsultatsiya olish

Patent agentlik haqida ko'p so'raladigan savollar

Patent agentlik nima va nega unga murojaat qilish kerak?

Patent agentlik — brend va intellektual mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazishda sizning nomingizdan ishlaydigan litsenziyali tashkilot. U qidiruv, hujjatlar tayyorlash, topshirish va ekspertiza so'rovlariga javob berishni o'z zimmasiga oladi. Bu xato va kechikish ehtimolini kamaytiradi.

Brendni patentlash qancha vaqt oladi?

Tezkor ekspertiza bilan 1 oy, standart jarayonda 7 oygacha vaqt ketadi. Aniq muddat xizmat turiga bog'liq.

Patent necha yil amal qiladi?

Tovar belgisi patenti 10 yil davomida qonuniy himoya beradi. Brend nomi mulkingizga o'tgach, boshqalar undan foydalana olmaydi.

Patentlash narxi qancha? BHM qanday hisoblanadi?

Davlat boji bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) bog'liq. Summani o'zingiz hisoblash uchun BHM kalkulyator sahifasidan foydalaning.

Patentlash bo'yicha bepul ma'lumotni qayerdan olaman?

Maqolalar, seminar yozuvlari va video qo'llanmalar patentlash blogimizda bepul joylashtirilgan.

Brendni chet elda ham patentlash mumkinmi?

Ha. Patent agentligimiz nafaqat O'zbekistonda, balki boshqa davlatlarda ham patentlash xizmatini ko'rsatadi. Bu eksportga chiqishdan oldin brendingizni himoyalash uchun muhim.

Toshkentdagi ofisimiz

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak, 64A

Savollaringizga tezda javob oling!
Yoki quyidagi raqam orqali bizga bog'laning
+998555888777