Amaan | Blog
Amaan patent va mualliflik huquqlari markazi xizmatlari
O'zbekistonda tovar belgilarini himoyalash uchun topshirilayotgan arizalar sonidan shuni bilish mumkinki patentlashga bo'lgan talab yildan-yilga sezilarli oshmoqda. Masalan 2024 yilning o'zida avvalgi yilga qaraganda deyarli 80% ko'proq ariza topshirilgan.
Amaan rasmiy patent markarzimiz 2026-yil iyul oyida jismoniy va yuridik shaxslar uchun patentlash hamda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha quyidagi xizmatlarni taqdim etadi.

1. Brend nomining patentlangan yoki patentlanmaganligini bepul tekshirish

Ko‘plab tadbirkorlar yangi biznes boshlashdan oldin tanlagan brend nomining bo‘sh yoki band ekanligini bilishni istaydi. Amaan patent va mualliflik huquqlari markazi mutaxassislari brendingizni patent olish imkoniyatlarini bepul tekshirib beradi. Tekshiruv davomida: O‘zbekiston IM bazalari o‘rganiladi, o‘xshash brendlar aniqlanadi, patentlash bo‘yicha xulosa beriladi, zarur hollarda muqobil variantlar tavsiya qilinadi.

Buni o'zim ham tekshira olamanmi?

Ha albatta, o'zingiz buni tekshirish imkoniyatiga egasiz. Bu haqida alohida video qo'llanma tayyorlaganmiz, quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin:
Bepul tekshiruv bo'yicha qo'llanma

2. Brend nomini patentlash

Amaan patentlash agentligi brendlarni patentlash xizmatlarini uzoq yillardan beri ko'rsatib kelmoqda. Katta tajribaga ega jamoa sizga brendingizni qonuniy himoyalash borasida o'z maslahatlarini ayamaydilar.
Brendni patentlash orqali siz:
  • Belgidan eksklyuziv foydalanish huquqiga ega bo‘lasiz;
  • Boshqalarning brendingizdan foydalanishini cheklashingiz mumkin;
  • Brendingizni sotish yoki litsenziya asosida foydalanishga berish imkoniyatiga ega bo‘lasiz;
  • Davlat tomonidan himoyalangan huquqlarga ega bo‘lasiz.

3. Logo, slogan, tovar belgisi va qadoq dizaynini patentlash

Ko‘plab kompaniyalar nafaqat nomni, balki logotip, slogan va mahsulot qadoqlarini ham himoya qilishga intiladi. Ayniqsa bu xizmatimiz ishlab chiqaruvchilar, zavodlar va o'z brendi ustida ishlayatgan tadbirkorlarga juda mos keladi. Katta brendlar allaqachon o'z PL ya'ni private label mahsulotlarini ishlab chiqarib, sota boshlashgan. Masalan, mashhur supermarketlar tarmog'i Korzinka o'zining 365 kun brendini, Uzum market marketpleysi esa Oila tanlovi brendini shunday himoya qilishadi.
oila tanlov uzum market
Amaan patent va mualliflik huquqlari markazi logotiplar, sloganlar, kombinatsiyalashgan tovar belgilari, mahsulot qadoq dizaynlari, aydentika elementlarini huquqiy himoya qilishda tadbirkorlaga xizmat qilib kelmoqda. Malakali mutasislardan bepul konsultatsiya olish uchun quyidagi formani to'ldiring:
Bu xizmatlar biznesingizning vizual identifikatsiyasini huquqiy himoya qilish imkonini beradi.

4. Mualliflik huquqi guvohnomasini olish

Mualliflik huquqi nima ekanligi va uni qanday olish bo'yicha avvalroq batafsil maqola e'lon qilgan edik.
Amaan mualliflik huquqlari markazi kitoblar, asarlar, maqolalar, o'quv kurslar dasturlari, rasmlar, dizayn ishlari kabi ijodiy ishlarga mualliflik huquqi rasmiylashtirish bilan anchadan buyon shug'ullanib keladi. Ana shunday ishlarimizdan biri bilan quyidagi video orqali tanishib chiqishinigiz mumkin:

5. Ixtiro uchun patent olish

Yangi texnik yechim yoki innovatsion mahsulot yaratgan bo‘lsangiz, ixtiro patenti olish orqali uni qonuniy himoyalashingiz mumkin. Amaan patent markazimiz loyihangizni davomidagi bosqichlarda yordam beradi
  • Patentga layoqatlilikni baholaydi;
  • Patent tavsiflarini tayyorlaydi;
  • Talabnomalarni rasmiylashtiradi;
  • Patent olish jarayonida vakillik qiladi.

6. Adliya vazirligi rasmiy patent vakili xizmatlari

Patentlash jarayonlarida hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash va davlat organlari bilan ishlash katta tajriba talab qiladi. Ba'zan qonuniy jarayonlarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy patent vakili ham talab qilinishi mumkin. Bunday hollarda Amaan patent va mualliflik huquqi markazining xodimi va rasmiy patent vakili Zokir Umedov yaqindan yordam beradi.
Zokir Umedov patentlash bo'yicha professional maslahat beradi va rasmiy patent vakili talab qilinadigan o'rinlarda yaqindan yordam beradi

7. Sanoat namunalarini patentlash

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi, shakli va dizayni ham intellektual mulk hisoblanadi.
Sanoat namunasi sifatida quyidagilar himoyalanishi mumkin:
  • Mebel dizaynlari;
  • Qadoqlash shakllari;
  • Maishiy texnika korpuslari;
  • Dekorativ buyumlar;
  • Sanoat mahsulotlari dizaynlari.
Patent orqali mahsulot dizayningizning noqonuniy nusxalanishining oldi olinadi.

8. Dasturiy ta’minot (DGU) bo‘yicha huquqlarni rasmiylashtirish

Dasturchilar o'zlari yozgan kodlarini mualliflik huquqi asosida himoyalashlari mumkinmi? DGU dasturiy ta'minot aynan sizga tegishli ekanligini isbotlovchi hujjat hisoblanadi. Bu borada batafsil bilib olish uchun quyidagi havola orqali o'ting:
https://amaan.uz/tpost/dgu-bgu-va-dasturni-patentlash
Amaan patentlash va mualliflik huquqlari markazi bu bosqichlarda yaqindan yordam beradi:
  • Dasturiy ta’minotni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • DGU guvohnomasini olish;
  • Mobil ilovalar huquqlarini rasmiylashtirish;
  • IT mahsulotlarni huquqiy himoyalash.
Bu xizmat ayniqsa startaplar va IT kompaniyalar uchun dolzarbdir.

9. Xalqaro patentlash

Ba'zida O'zbek tadbirkolar o'z mahalliy brendlarini eksportga olib chiqishadi. Bunday hollarda ularga xalqaro patent kerak bo'ladi. Chunki agar brend faqat O'zbekiston ichida patentlangan bo'lsa bu brenddan bemalol qo'shni davlatlar yoki boshqa chet el fuqarolari foydalanishlari mumkin bo'ladi. Himoyalanmagan brend eksportga chiqqan vaqtda esa kontrafakt mahsulotlar tarqalib ketishi mumkin.

Brendingizni xalqaro patentlamoqchimisiz?! Unda Amaan

Agar siz brendingizni, logotipingizni, dasturiy ta’minotingizni yoki ixtiroingizni himoya qilishni istasangiz, Patent Markazi Amaan mutaxassislariga murojaat qiling va bepul konsultatsiya oling.

24.06.2026