DGU: O’zbekiston Adliya vazirligi qoshidagi Intelektual mulk markazi tomonidan beriladigan mualliflik huquqi guvohnomasi, bu elektron hisoblash mashinalari uchun yozilgan dasturlarga, masalan, mobil ilova, web sayt, dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasiga bo’lgan mualliflik huquqini tasdiqlovchi hujjat sifatida beriladi.
DGU ning asosiy avfzalliklari nimada:
- dastur aynan sizga tegishli ekanini isbotlovchi eng muhim hujjat;
- huquqbuzarlik holatlarida, ya’ni kimdir dasturingiz kodlarini o’grilagani yoki ruxsatsiz ko’chirganida sud jarayonlarida o’z huquqingizni himoya qilish uchun asosiy faktor bo’lishi mumkin;
- siz o’z dasturingizni monetizatsiya qilishingiz, sotishingiz, boshqalarga qonuniy litsenziya evaziga berishingiz, loyihangizga investitsiya jalb qilishingiz va davlat grandlarida qatnashishingizda mualliflik huquqi talab qilinishi mumkin
- ko’plab kampaniyalarda DGU moliya hisobida nomoddiy aktiv sifatida qaraladi ya’ni bu umumiy korxona kapitalini oshirishga hissa qo’shadi.
DGU guvohnomasi qanday ko’rinishda bo’ladi
Depotentlash nima?
Deponentlash guvohnomasi - mualliflik huquqi ya’ni u guvohnoma badiiy asar, ijodiy ish, rasm, chizma, she’r, musiqa, roman, bastalangan kuy, kino ssenary, video rolik va ilmiy ishlar uchun olinadi. (deponentlash guvohnomasi haqida batavfsil ushbu maqolada:
https://amaan.uz/tpost/b41ijzf5m1-mualliflik-huquqi-nima-uni-qayerdan-olis
https://amaan.uz/tpost/b41ijzf5m1-mualliflik-huquqi-nima-uni-qayerdan-olis
Mualliflik huquqi uchun Guvohnoma qanday ko’rinishda bo’ladi?
Sanoat namunalarini patentlash nima?
Sanoat namunasi patenti esa umumiy tarzda inson hayotida ishlatilinadigan barcha sanoat namunalari uchun masalan, mebel, interyer buyumlar, maishiy texnika tashqi dizayni, qadoq va qoliplar, kiyim, poyabzal, aksesuarlar shakli va dizayni, qurilish asboblari va shunga o’xshash mahsulotlarning yangicha ko’rinishi, dizayni, uslubi uchun olinadi. Sanoat namunasini patentlash uchun quyidagilar talab qilinadi:
- yangi yaratilgan bo’lishi
- unikal va o’ziga xos uslub, dizayn, ko’rinishda bo’lishi
- oldini ommaga taqdim qilinmagan bo’lishi kerak.
Ko’p holatlarda , tadbirkorlar sanoat namunalariga deponentlash guvohnomasini olishadi va o’z mahsulotlari himoyalangan deb o’ylashadi, aslida esa deponentlash faqatgina o’sha mahsulot chizmalari, sxemasi uchun berilgan va muallif siz ekanligigingizni tasdiqlaydi xolos, mahsulotni himoyalash uchun esa sizda patent guvohnomasi bo’lishi kerak va u ushbu ko’rinishda bo’ladi:
Sanoat namunasi patentining asosiy afzalliklari va ustunliklari:
O’z huquqingizni to’g’ri va oson yo’l bilan ta’minlash uchun mutaxasislarga murojaat qiling.
Amaan patentlash agentligi sizga bu masalada ishonchli huquqiy maslahatchi.
- Sizning dizayningiz va mahsulot ko'rinishi qonuniy himoyaga ega bo'ladi ya’ni raqobatchilar sizning dizayningizni nusxalashi yoki taqlid qilishidan himoyalanasiz;
- Patent egasi sifatida boshqalarga litsenziya berish orqali qo'shimcha daromad olish imkoniyati;
- Kompaniyangizningning bozor qiymatini oshiradi va investorlarni jalb qiladi;
- Huquqbuzarlik holatida sud orqali o'z huquqlaringizni himoya qilish va kompensatsiya olish imkoniyati;
- Patent guvohnomasi 5 yilga beriladi va uni 3 yilgacha uzaytirish mumkin.
O’z huquqingizni to’g’ri va oson yo’l bilan ta’minlash uchun mutaxasislarga murojaat qiling.
Amaan patentlash agentligi sizga bu masalada ishonchli huquqiy maslahatchi.