Amaan | Blog

Tezkor patentlash | 1 oyda patentlab beramiz

Bugun brendini patentga topshirmoqchi bo'lganlar uchun 2 xil variant mavjud: tezkor va an'anaviy.
Odatda tovar belgilarini patentlash jarayoni 7 oy davom etadi. Ammo Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan tezkor patentlash mexanizmi orqali bu muddatni 1 oyga qisqartirish mumkin.
Amaan patentlash agentligi ham o'z mijozlarga tezkor patentlash xizmatini taklif etadi. Ushbu xizmat asosan brendini tezroq bozorga chiqarishni rejalashtirayotgan, investorlar bilan ishlayotgan yoki nomining boshqalar tomonidan egallab olinishi xavfi mavjud bo‘lgan tadbirkorlar uchun mos keladi.

Tezkor patentlash qanday ishlaydi?

Umumiy jarayon odatiy patentlash jarayoni bilan o'xshash bo'ladi, lekin bunda arizalar Adliya Vazirligi tomonidan tezkor ko'rib chiqiladi.
  • Brend nomi va/yoki logotip bo‘yicha chuqurlashtirilgan ekspert tekshiruvi
  • Adliya vazirligi bazalari va xalqaro reyestrlar orqali tekshiruv
  • Talabnomani tezkor rejimda topshirish
  • Adliya bilan doimiy aloqa va hujjatlarni tezlashtirilgan ko‘rib chiqish
Natijada, brend 1 oy ichida rasmiy davlat guvohnomasiga ega bo‘ladi.

Tezkor patentlashning narxi qancha?

Tezkor patentlash xizmati standart patentlashdan qimmatroq, chunki bunda:
  • ustuvor ko‘rib chiqish,
  • qo‘shimcha davlat bojlari,
  • va tezlashtirilgan huquqiy jarayonlar mavjud.
Aniq narx brend turi, sinflar soni va ariza shakliga bog‘liq holda belgilanadi. Shuning uchun narx odatda mijoz nechta sinfda patent olmoqchi ekanligiga qarab davlat bojiga ko'ra hisoblanadi. Narx hisoblash bepul, havola orqali raqam qoldirib, mutahasislarimiz orqali bilib olishingiz mumkin: 👆Havola

Ha aytgancha qaysi sinflar bo'yicha patent olishni oldindan reja qilib olishingiz uchun patent sinflarini tayyor qo'llanma qilib, bir joyga to'pladik. Yuklab olishingiz mumkin:

Amaan patentlash agentligi bilan siz nafaqat tezlikka, balki huquqiy ishonchga ham ega bo‘lasiz.

Zokir Umedov - Adliya vazirligining rasmiy patent vakili jarayonni nazorat qiladi
Bizning manzillar:

  • Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi 64A-uy

Asosiy sahifa | Biz haqimizda | Bizning xizmatlar