Patentlash uchun talab qilinadigan hujjatlar | 2026
Jismoniy yoki yuridik shaxs nomiga patentga topshirilishiga qarab talab qilinadigan hujjatlar ham farqli bo'ladi. Quyida ular haqida bilib oling.
Jismoniy shaxs nomiga patent olish uchun kerakli hujjatlar
Brend (tovar belgisi) jismoniy shaxs nomiga patentlanadigan bo‘lsa, quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Pasport
Passport ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjat. Pasport ma’lumotlari patent hujjatlarida aynan shu ko‘rinishda aks etadi.
Tovar belgilari (brend nomi, logotip va boshqa belgilar)
Patentlanishi rejalashtirilayotgan nom, logo yoki kombinatsiyalangan belgi aniq ko‘rinishda taqdim etiladi. Odatda logotip JPG yoki PNG formatda topshiriladi. Patent va tovar belgisi orasidagi farq haqida quyidagi maqolamiz orqali bilib oling: ✦ Patent va tovar belgisi orasidagi farq
Ishonchnoma
Patent jarayonini patent vakili orqali olib borish uchun beriladi. Ishonchnoma patent agentligi tomonidan tayyorlanadi va jismoniy shaxs tomonidan tasdiqlab, imzolanadi.
Yuridik shaxs nomiga patent olish uchun kerakli hujjatlar
Brend (tovar belgisi) kompaniya ya'ni MChJ nomiga rasmiylashtirilsa, quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
MChJ guvohnomasi
Korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat.
Agar sizda MChJ ochmagan bo'lsangiz online tarzda quyidagi havola orqali ochishingiz mumkin: https://new.birdarcha.uz/
Ishonchnoma
Yuridik shaxs nomidan patent vakili ish yuritishi uchun beriladi. Ishonchnoma patent agentligi tomonidan tayyorlanadi va korxona rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.