Amaan | Blog

Patent va tovar belgisi o‘rtasidagi farq nima?

Patent va tovar belgisi o‘rtasidagi farq nima?
Tadbirkorlar “patent” va “tovar belgisi” (yoki “brend”) tushunchalarini chalkashtiradi. Aslida bu ikkisi bir-biriga o‘xshash bo‘lsa-da, ba'zi bir farqlari mavjud. Quyida ular o‘rtasidagi farqlarni oddiy misollar bilan ko'rib chiqamiz.

Patent nima?

Patent – bu ixtiro, model yoki sanoat namunasi kabi texnik yechimlarga beriladigan huquqiy hujjatdir. Ya’ni, agar siz yangi mahsulot, usul yoki qurilma ixtiro qilgan bo‘lsangiz, uni patentlashingiz mumkin.
✅ Nimalar patent bilan himoyalanadi?

  • Texnik yangiliklar
  • Qurilmalar, mexanizmlar
  • Ishlov berish usullari yoki jarayonlar
  • Sanoat dizaynlari (ko‘rinish, shakl, bezak)

Masalan, yangi turdagi qulay eshik qulfi ishlab chiqsangiz bu texnik ixtiro hisoblanadi va unga patent olsangiz bo'ladi.

Tovar belgisi nima?

Tovar belgisi (brend) – bu mahsulot yoki xizmatni boshqa raqobatchilardan ajratib turadigan nom, logotip, ranglar yoki boshqa belgilardir. Uni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali siz o‘z savdo belgining eksklyuziv egasiga aylanasiz.

✅ Tovar belgisi sifatida himoyalanadigan narsalar nima?

  • Brend nomi (masalan: Amaan)
  • Logotip
  • Slogan (shior)
  • Maxsus grafik elementlar yoki dizaynlar

Masalan, “Amaan” nomli yuridik agentlik o‘z logotip va nomini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu tovar belgisi hisoblanadi.

Sizga qaysi biri kerak?

Agar siz yangi mahsulot yoki texnik usul ishlab chiqqan bo‘lsangiz sizga patent kerak.

Agar siz biznes nomi, logotip yoki xizmat ko‘rsatayotgan brend bilan ishlayotgan bo‘lsangiz sizga tovar belgisi kerak.

Ko‘p hollarda, biznesda ikkalasini birgalikda ishlatish maqsadga muvofiq.

Bu jarayonlarda Amaan agentligi sizga qanday yordam bera oladi?

Biz:
  • Ixtiro va dizaynlaringizni patentlab beramiz
  • Brendingizni (nom, logotip) rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazamiz
  • Qonuniy huquqlaringizni himoya qilamiz
Muhim: Patentni yoki tovar belgisini birinchilardan bo'lib qo'lgan kiritish uchun vaqtliroq harakat boshlash kerak. Aks holda, sizdan oldin boshqalar uning egasiga aylanib qolishi mumkin.

Yordam kerakmi?

Biz bilan bog‘laning va bepul maslahat oling!

Amaan – brendingizni qonuniy himoya qilamiz.

Telegram | +998-91-004-6630 | Patentchi.uz

patentlash uchun ariza qoldirish