Amaan | Blog

G’oyani patentlasa bo’ladimi?

G’oyani patentlasa bo’ladimi?

O'zi g'oyani patenlash mumkinmi?

Startup, innovatsion sferalar, va ko’plab tadbirkorlar orasida keng tarqalgan savol: ”G’oyamni patentlab olsam bo’ladimi?”
Avvallo, oddiy g’oyaning o’zi patent obyekti hisoblamaydi, ya’ni patent mavhum fikrga emas balki aniq texnik yechimga beriladi. Masalan, yangi qurilma, yangi usul yoki muayyan yechim beradigan yangicha texnik jarayon, algoritm (ketma-ketlik) va hokazolar bo'lishi mumkin.

Onlayn marketpleys ochish bu g’oya. Lekin bu marketpleysni qurishda ishlatilingan yangicha algoritm, texnik struktura va arxitektura patentlanishi mumkin. Ya'ni DGU sifatida - elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarga beriladigan guvohnoma sifatida patentlanishi mumkin.
Bepul konsultatsiya va patentga tekshiruv
patentlash uchun ariza qoldirish
Aytaylik, suvni tozalash uchun 60% kamroq quvvat sarflaydigan yangi filtrlash tizimini yaratdingiz. Bu yerda patentlanishi mumkin bo’lgan narsa shu filtrning ishlash mexanizmi, va bu ixtiro sifatida patentlanadi.

Yoki biror qurilmaning yangicha mexanik ko’rinishi yaratdingiz, misol uchun, termosni qayta takomillashtirish orqali suvni 72 soat issiq saqlaydigan qilib ishlab chiqdingiz. Bu ixtiro emas, ya’ni butunlay yangicha narsa emas, bor narsaning optimal varianti, bu foydali model sifatida patentlanadi.

Bundan tashqari, yaratgan mahsulotingizning dizayni, ko’rinishi ham patentlanishi mumkin, masalan, smartwatch ishlab chiqdingiz faqat boshqalarnikidan farq qiladigan yangicha shakldagi korpusda. Bu mahsulotingiz sanoat namunasi sifatida ro’yxatdan o’tkazilishi mumkin. Qisqa qilib aytgancda:

  • Ixtironi patentlash uchun → texnik mohiyati chuqur yangilik bo’lishi kerak.
  • Foydali model sifatida patentlash uchun → mavjud mahsulotning konstruktiv yaxshilanishiga olinadi.
  • Sanoat namunasi uchun patent olishda → noodatiy tashqi dizayn, shakl, ko’rinish va hokazolar uchun olinadi.

Bundan tashqari mualliflik huquqi, tovar belgisi bo’yicha patentlash haqidagi to’liqroq ma’lumotlarni ushbu maqolalardan tanishib chiqishingiz mumkin.
patentlash uchun ariza qoldirish
Xulosa qilganda, siz o’z g’oyangizni birov o’girlashidan qo’rqib yashirib yurish orqali yutuqqa erishmaysiz, balki o’sha g’oyani amalda tadbiq qilib, ommaga oshkor qilishdan oldin himoyalash orqali to’g’ri yondashgan bo’lasiz.

O’z intelektual mulkingizni himoya qilish uchun to’g’ri patent turiga, to’g’ri yondashuv va kerakli hujjatlar bilan topshiring. Patentlash bo’yicha batafsil ma’lumotni Amaan patentlash agentligi mutaxasis konsultantlaridan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
@amaan_admin
+998 555888777
Patent vakili: Umedov Zokir.