Andijon devzira oshi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o'tdi
Adliya vazirligi tomonidan “Andijon devzira oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Andijon devzira oshi asrlar davomida shakllangan oshpazlik an’analari, o‘ziga xos tayyorlanish usuli va noyob ta’mi bilan ajralib turadigan milliy taom hisoblanadi. Ushbu osh turi asosan Farg‘ona vodiysida yetishtiriladigan mashhur devzira guruchi asosida tayyorlanadi.
Devzira guruchi o‘zining qizg‘ish tusli, zich va sifatli donalari bilan ajralib turib, oshga betakror ta’m, xushbo‘ylik hamda dona-dona ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Devzira guruchi o‘zining qizg‘ish tusli, zich va sifatli donalari bilan ajralib turib, oshga betakror ta’m, xushbo‘ylik hamda dona-dona ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Andijon devzira oshi nima uchun davlat ro'yhatidan o'tkazildi?
Geografik ko‘rsatkich maqomining berilishi “Andijon devzira oshi” nomi va uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qilish, mahsulotning o‘ziga xosligini saqlab qolish hamda uning sifat kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Rasmiy tarzda 2026-yil, iyun oyidan boshlab Andijon devzira oshi geografik ko'rsatkich sifatida ro'yhatdan o'tdi.
Mazkur maqom Andijon viloyatining gastronomik salohiyatini namoyon etish, milliy brendlarni rivojlantirish, turizmni qo‘llab-quvvatlash va o‘zbek oshpazlik madaniyatini xalqaro miqyosda targ‘ib etish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Andijon devzira oshi — nafaqat milliy taom, balki xalqimizning mehmondo‘stligi, qadriyatlari va boy madaniy merosining yorqin timsolidir.

📌 Ma’lumot uchun: geografik ko‘rsatkich — mahsulotning ma’lum hudud bilan bog‘liqligini hamda uning sifati va obro‘-e’tibori aynan shu hududning tabiiy va ijtimoiy omillari bilan chambarchas bog‘liq ekanligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.
07.08.2026