Amaan | Blog

Patentlash xarajatlarini qanday kamaytirsa bo'ladi?

Patentlash xarajatlarini qanday kamaytirsa bo'ladi?
Tadbirkolarni o'ylantiradigan jihatlardan biri bu patentlash narxi. Ko‘pchilik patentlash jarayoni qimmatga tushadi deb o‘ylaydi va shu sababli uni ortga suradi. Aslida professional yondashuv va maslahatlar yordamida xarajatlarni kamaytirish mumkin. Ushbu maqolada patent narxini arzonlashtirish va hatto ayrim hollarda bepul patent huquqiga ega bo‘lish usullari haqida so‘z yuritamiz.

Patentlash narxini nimaga qarab belgilanadi?

Patent xarajatlari quyidagilarga bog'liq:

  • Davlat bojlari va to‘lovlari
  • Patent sinflari
  • Agentlik xizmatlari
  • Xalqaro yoki mahalliy patentligi

Tadbirkorlar bularning barchasiga bir vaqtda to'lash kerak deb o'ylashadi. Lekin xarajatlarni minimallashtirish uchun bosqichma-bosqich to'lab borishingiz mumkin.

Patentlash xarajatlarini kamaytirish yo‘llari

  • Avvaldan reja tuzish
Patentlashga qaror qilganingizda qaysi sinf yoki yo‘nalishda ro‘yxatdan o‘tkazishni aniq belgilang. Keraksiz sinflar uchun ortiqcha to‘lovlar qilmang.

  • Professional yondashuv
Hujjatlarda xato qilish jarayonni cho‘zadi va qayta to‘lovlarni talab qiladi. Shuning uchun tajribali mutaxassisga murojaat qilish xarajatlarni kamaytiradi. Masalan, Amaan patentlash agentligi ariza beruvchilar uchun to‘liq hujjatlarni tayyorlab beradi, bu esa mijozni ortiqcha to‘lovlardan saqlaydi.

  • Davlat imtiyozlaridan foydalanish
O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot muassasalari yoki startap loyihalar kabi ayrim soha vakillari uchun patentlashda chegirmalar mavjud. Agar siz ushbu toifadagi subyekt bo‘lsangiz, imtiyozlardan foydalanig

  • Xalqaro patentlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish
Biznesingizni birdan ortiq mamlakatda himoya qilmoqchi bo‘lsangiz, barchasini birdaniga ro‘yxatdan o‘tkazish shart emas. Eng kerakli bozorlar bilan boshlang. Keyin asta-sekin boshqa davlatlarga o‘ting. Bu usul katta mablag‘ni bir vaqtning o‘zida sarflamaslikka yordam beradi.

  • Patent muddatini o‘z vaqtida uzaytirish
Patent muddati tugab qolsa va siz uni uzaytirmasangiz qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yanada qimmatga tushadi. Shuning uchun vaqtida uzaytirish eng arzon patentlash strategiyalaridan biridir.

Patent olishda chegirmalar bormi?

Ha, urush qatnashchilari, nogironligi bor shaxslarga patent olishda chegirmalar berilishi mumkin.

Bepul patent olish mumkinmi?

Bepul patent olish imkoni yo‘q. Chunki davlat bojlari va rasmiy yig‘imlar majburiy hisoblanadi. Ammo ayrim hollarda grantlar, davlat dasturlari yoki xalqaro loyihalar orqali ushbu xarajatlarni qoplash mumkin. Shuningdek, ayrim yoshlar va talabalarga mo‘ljallangan imtiyozli dasturlar mavjud.

Amaan patentlash agentligi mijozlarga arzon patent olish yo‘llarini ko‘rsatib beradi va qaysi holatda bepul yoki chegirmali patentlash imkoniyati borligini aniqlab beradi.

Bizning manzillar:

  • Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi 64A-uy

👉 Yandex xarita orqali ko'rish


  • Buxoro shahri, "Miral" biznes markazi

👉 Yandex xarita orqali ko'rish

Asosiy sahifa | Biz haqimizda | Bizning xizmatlar