Ko'p hollarda tadbirkorlar patentlash bosqichlarni yaxshi bilsalar-da, uning amal qilish muddati va uni uzaytirish tartibi haqida yetarlicha ma’lumotga ega emaslar. Ushbu maqolada aynan shu mavzuga e’tibor qaratamiz.
O‘zbekistonda patent amal qilish muddati
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga berilgan patent guvohnomasi 10 yil davomida amal qiladi. Muddat tugagach yana 10 yilga uzaytirishi mumkin. Bu jarayon nazariy jihatdan cheklanmagan marta takrorlanadi, ya’ni brend egasi o‘z belgisi ustidan huquqini istagancha davom ettirishi mumkin.
Amaan patentlash agentligi mijozlarga patent muddati tugashidan oldin eslatma berib turadi va uzaytirish hujjatlarini oson rasmiylashtirishda yordam beradi.
Amaan patentlash agentligi mijozlarga patent muddati tugashidan oldin eslatma berib turadi va uzaytirish hujjatlarini oson rasmiylashtirishda yordam beradi.
Chet elda patent guvohnomasi qancha muddatga beriladi?
Deyarli barcha davlatlarda tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisining amal qilish muddati 10 yil qilib belgilangan. Biroq ayrim mamlakatlarda bu muddat biroz farq qilishi mumkin.
O‘zbekiston bu borada xalqaro amaliyotga to‘liq mos keladi. Ichki bozorda patentlangan brendni chet elda ham himoya qilish uchun mahalliy agentlik orqali xalqaro patentlash xizmatiga murojaat qilish lozim. Masalan, patentlash borasida katta tajribaga ega bo'lgan Amaan patentlash agentligi xorijda ham brendni ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam beradi. Mahsulotlarini eksportga tayyorlayotgan tadbirkolar uchun bu juda muhim.
- Yevropa Ittifoqi – 10 yil, muddatsiz uzaytirish imkoniyati bilan.
- AQSh – 10 yil, lekin har 10 yilda foydalanilayotganini tasdiqlash talab qilinadi.
- Rossiya – 10 yil, har safar 10 yilga cho‘zish mumkin.
- Turkiya – 10 yil, uzaytirish cheklanmagan.
- Xitoy – 10 yil, muddatsiz uzaytirish huquqi bilan.
O‘zbekiston bu borada xalqaro amaliyotga to‘liq mos keladi. Ichki bozorda patentlangan brendni chet elda ham himoya qilish uchun mahalliy agentlik orqali xalqaro patentlash xizmatiga murojaat qilish lozim. Masalan, patentlash borasida katta tajribaga ega bo'lgan Amaan patentlash agentligi xorijda ham brendni ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam beradi. Mahsulotlarini eksportga tayyorlayotgan tadbirkolar uchun bu juda muhim.
Patentni uzaytirish tartibi
Agar patentni uzaytirishni o‘z vaqtida boshlamasa, belgi ustidan huquqini yo‘qotishi mumkin.
Uzaytirish jarayoni quyidagicha kechadi:
Tadbirkorlar ushbu jarayonni ortiqcha vaqt talab qiladi deb o‘ylashadi. Aslida esa, professional yondashuv bilan bu ish bir necha kun ichida yakunlanishi mumkin. Amaan patentlash agentligi mijozlari uchun barcha hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlab, jarayonni tezlashtirib beradi.
Uzaytirish jarayoni quyidagicha kechadi:
- Patent egasi (yoki uning vakili) ariza topshiradi.
- Davlat boji to‘lanadi.
- Patent idorasi arizani ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
- Muddati yana 10 yilga cho‘ziladi.
Tadbirkorlar ushbu jarayonni ortiqcha vaqt talab qiladi deb o‘ylashadi. Aslida esa, professional yondashuv bilan bu ish bir necha kun ichida yakunlanishi mumkin. Amaan patentlash agentligi mijozlari uchun barcha hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlab, jarayonni tezlashtirib beradi.
Bizning manzillar:
- Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi 64A-uy
👉 Yandex xarita orqali ko'rish
- Buxoro shahri, "Miral" biznes markazi