Amaan | Blog

Mahalliy va xalqaro patent o‘rtasidagi farq: Mahalliy patent vs WIPO

Tadbirkorlar yangi brendga asos solib, so'ngra uni patentlash jarayoniga kelganda “Xalqaro patentlaganim yaxshimi yoki mahalliy?” degan savolga duch kelishadi.

Ushbu maqolamizda chalkash mavzulardan biri bo'lgan– mahalliy va xalqaro patent o‘rtasidagi farqni oddiy tilda tushuntirib beramiz.

Eslatib o'tamiz bu kabi savollarga Amaan-ishonchli patentlash agentligimizda Adliya vazirligining rasmiy patent vakili - Zokir Umedovning o'zlari tadbirkorlarga jonli maslahatlar beradilar.

Mahalliy patentlash (O'zbekiston hududida patentlash)

Mahalliy patent — bu O‘zbekistonning rasmiy patenti hisoblanadi. Agar siz o‘z ixtiroyingizni O‘zbekiston hududida huquqiy himoya qilishni istasangiz, aynan shu toifa patent turiga murojaat qilasiz.

Mahalliy patentlash bilan nima qilasiz?

  • Patent, mualliflik huquqi, savdo belgisi (brend), sanoat namunalari uchun ariza topshirasiz.
  • Hujjatlaringiz ko‘rib chiqiladi va agar to‘g‘ri bo‘lsa, sizga rasmiy patent hujjati beriladi.
Eslatma: Mahalliy patenlash orqali sizning huquqingiz faqat O‘zbekiston ichida himoyalanadi.

WIPO – xalqaro himoya

WIPO nima?

WIPO (World Intellectual Property Organization) — Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti bo‘lib, u 190+ dan ortiq davlatlarni o‘z ichiga olgan xalqaro patent tizimini boshqaradi.

WIPOning afzalliklari

Agar siz ixtiroingizni O‘zbekistonda emas, balki boshqa davlatlarda ham himoya qilmoqchi bo‘lsangiz — WIPO sizga qulay yo‘l taklif qiladi.

  • Bitta umumiy ariza topshirasiz.
  • Bu ariza orqali bir nechta davlatlarda (masalan, O‘zbekiston, Turkiya, AQSh, Germaniya) patent olish imkoniyati yaratiladi.
  • Har bir davlatga alohida-alohida murojaat qilish shart emas — jarayon bir martalik bo‘ladi.

Bu jarayon PCT (Patent Cooperation Treaty) deb nomlangan xalqaro kelishuv orqali amalga oshiriladi.
Eslatma: WIPO o‘zi patent bermaydi. U faqat sizning arizangizni tanlagan davlatlarga yuboradi. Keyin esa har bir davlat o‘z qoidalari bo‘yicha arizani ko‘rib chiqadi va patent berish yoki bermaslikka qaror qiladi.

Mahalliy patentlash va WIPO o‘rtasidagi asosiy farqlar

Umuman olganda, agar sizning ixtiro yoki brendingiz asosan O‘zbekiston ichida ishlatilsa, Amaan ishonchli patentlash agentligi orqali mahalliy patent olish yetarli bo‘ladi. Bu sizga ichki bozor doirasida qonuniy himoya beradi.

Ammo agar siz kelajakda mahsulotingizni boshqa davlatlarga olib chiqishni, xalqaro bozorda faoliyat yuritishni rejalashtirsangiz — unda WIPO orqali xalqaro patent olishingiz kerak. Bu borada ham Amaan patentlash agentligi sizga yaqindan yordamchi bo'la oladi. WIPO sizga bir nechta mamlakatlarda huquqiy himoya yaratadi va global o‘sish uchun mustahkam asos bo‘ladi.

Brendingizni patentlashda esa sizga Amaan (Patentchi) patentlash agentligi yaqindan yordam beradi.

Biz bilan bog‘laning:

Telefon: +998 91 009 66 30
Telegram: @Manager_Amaan