"Patent" deganda biz brendni, tovar belgisini himoya qilish bo'yicha guvohnoma hujjatini tushunadigan bo'lib qolganmiz, aslida esa bu ixtiroga beriladigan huquqiy muhofaza hujjati hisoblanadi. Patent bu O'zbekiston respublikasida ixtiroga nisbatan Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti tomonidan huquqiy muhofaza beruvchi guvohnoma hujjati hisoblanadi. Ya'ni siz bodring teradigan mashina ixtiro qildingiz, endi uni patentlab, bu ixtironing huquqiy egasiga aylanishingiz mumkin.
O'zbekiston respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti tomonidan tovar belgisini himoya qilish bo'yicha beriladigan guvohnoma esa tadbirkorlarning o'z brendlarini himoya qilish uchun davlatdan olgan huquqiy muhofaza hujjati hisoblanadi. Masalan "Amaan" brendi Intellektual mulk departamenti tomonidan guvohnoma olgach, ushbu brenddan boshqalar O'zbekiston respublikasi hududida brend egasining ruxsatisiz qonuniy foydalana olmaydi.
Xorijiy mamlakatlarda esa joriy mamlakatda chet el fuqarolarining, ya'ni migrantlarning qonuniy ishlashi uchun beriladigan ruxsatnomaga aytiladi. Xususan Rossiya federatsiyasida ishlayotgan migrantlar qonuniy ishlashlari uchun patent guvohnomasini olishlari kerak bo'ladi.
Patent qildirish bo'yicha mutaxassis izlayotgan bo'lsangiz, bizga murojaat qiling: +998 (91) 009-66-30