Patent olish — ixtiro yoki foydali modelning egasi yoki yaratuvchisi tomonidan o'zi ishlab chiqqan yangi turdagi ixtiroga yoki sanoat na'munasiga Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti tomonidan patent guvohnomasi olishi hisoblanadi. Patent guvohnomasi unga boshqa kishilarning uning aqliy qobiliyati orqali yaratgan ixtirosidan undan ruxsat so'ragan holda, uning roziligi bilan foydalanishini ta'minlaydi. Bu o'z o'rnida ijodkorga ijod qilish imkoniyatini yanada keng ochib beradi, ixtiro muallifi huquqlari himoya qilinadi.
Patent olish uchun barcha zaruriy hujjatlar va muallifning ixtirosi, asari yoki tovar belgisi intellektual mulk departamentiga topshiriladi. Departament tomonidan o'rganib chiqilgan asar yoki foydali model haqiqatdan ham jamiyat uchun foydali va yangi deb topilsa, unga patent guvohnomasi beriladi va bu uchun davlatga boj to'lanadi. Patent olish ishlari ancha murakkab va uzoq jarayonni o'z ichiga oladi. Bu sohada ovoragarchiliklarsiz o'z brendingizni yoki mualliflik asaringizni himoya qilmoqchi bo'lsangiz, sohaning mutaxassislariga ya'ni patent vakillariga murojaat qilganingiz ma'qul: ishning tez, sifatli va ovoragarchiliklarsiz bitishida patent vakillarining o'rni muhim. Patent olish, patent egasining ham, davlatning ham, iste'molchining ham huquqlarini himoya qilish hisoblanadi.
Patent qildirish bo'yicha mutaxassis izlayotgan bo'lsangiz, bizga murojaat qiling: +998 (91) 009-66-30