Amaan | Blog

Xalqaro patent tasnifi

Xalqaro patent
Xalqaro patentlash tasnifi o'z ichiga ko'plab intelektual mulk sohalarini oladi

Xalqaro patent nizomlari dunyo davlatlarining turli xil konvensiyalarda qabul qilgan qarorlari, protakollari orqali tartibga solinadi, Xalqaro maydonda brendni patentlash uchun avvalo o'sha brend o'z hududida patentlangan bo'lishi kerak.

Xalqaro patent ta'snifi deganda xorijiy maydonda patentlanadigan brend sinflari va sohalari tushuniladi.

Inson aqli bilan bajarishga qodir bo'lgan va qo'l mehnatida amalga oshiriladigan barcha sohalar va yo'nalishlar patentlash tasnifi sohalari ichida mavjud. Xalqaro patent guvohnomasi brend egasiga xalqaro miqyosida ham mutloq huqular beradi va brend egasi o'z mahsulotini xorijiy mamlakatlarda ham patentlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu esa o'z navbatida tadbirkorga chet el mamlakatlarida ham o'z brendi orqali daromad olish imkoniyatini beradi.

Xalqaro miqyosida brendni patentlash va unga ta'luqli boshqa masalalar bo'yicha ma'lumotlarni shu sohaning mutaxasislari hisoblangan patent vakillari orqali bilib olishingiz va o'z brendingizni xorijiy mamlakatlarda ham himoyalashingiz mumkin.