Amaan | Blog

Patentshunoslik sohasi haqida bilasizmi?

Patentshunoslik sohasi haqida bilasizmi?

Patentshunoslik sohasi — O'zbekiston respublikasida endi rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Patentshunoslik — intellektual mulk sohasida mavjud bo'lgan barcha sohalarni o'rganuvchi soha hisoblanadi. Intellektual mulk sohasida yurtimizda juda ko'plab o'zgarishlar sodir bo'ldi. Jumladan mualliflarning huquqlarini himoya qilish maqsadida, muallif asarlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun, bundan tashqari kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarganlik hamda ularni sotganlik uchun ham jazo choralari kuchaytirildi.
Bu soha huquq sohasining alohida katta bir tarmog'i hisoblanadi. Intellektual mulk sohasidagi ko'plab o'zgarishlar, yangi qonunlar va normativ huquqiy hujjatlar sohani chuqur o'rganishni talab etadi. Shu munosabat bilan yurtimizdagi Oliy ta'lim muassasalarida patentshunoslik yo'nalishlari tashkil etilgan va talabalarga bu soha chuqur o'rgatilmoqda. Ushbu yo'nalishini bitirgan talabalarga patent vakilligi guvohnomasini berish hamda ularni patent vakili sifatida tayinlash ishlari ham yo'lga qo'yilishi kutilmoqda. Soha yurtimizda intellektual mulk sohasida olib borilayotgan sohalarni chuqur o'rganuvchi yo'nalish hisoblanadi.
Patent qildirish bo'yicha mutaxassis izlayotgan bo'lsangiz, bizga murojaat qiling:
+998 (91) 009-66-30