Brenddan ruxsatsiz foydalanish holatiga Adliya organlari tomonidan chek qo'yildi | Amaan
Intellektual mulk sohasida huquqbuzarlik holatlari hanuz uchrab turmoqda. Patentlangan tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Yaqinda Adliya vazirligi tomonidan fuqaro A. Akbarovga tegishli "SHARP" tovar belgisiga bo‘lgan huquqlar buzilgani yuzasidan murojaat ko‘rib chiqildi.
Tekshiruv davomida "N.T." MChJ tomonidan "SHARP" tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash belgidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi 1-qismi asosida ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi.
Amaan tavsiya qiladi:
✅ Brendingizni o‘z vaqtida tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o'tkazing.
✅ Brendingizdan ruxsatsiz foydalanilayotganini aniqlasangiz, huquqlaringizni himoya qilish choralarini ko‘ring.
Amaan Patentlash Agentligi mutaxassislari:
brendingizni patentlangan yoki patentlanmaganini bepul tekshiradi;
tovar belgisi, logo va sloganlarni ro‘yxatdan o'tkazishda yordam beradi;
huquqbuzarlik holatlarida qonuniy yo'l tutish bo'yicha maslahat beradi.
Brendingizni bugun himoya qiling — ertaga uni himoya qilish uchun kurashishga majbur bo'lmang.