Amaan | Blog

Uzum brendidan noqonuniy foydalangan tadbirkor 75 mln jarimaga tortildi

Uzum va Uzum tezkor loyihalar o’z brendlarini patentlashga ulgurishgan. Shuning uchun bu brend va nomlardan o’z sohasida foydalanish endi patent huquqlarini buzishga kiradi.
patentlash
Jumladan, “F.T.” MCHJ bilan ham shunday holat yuz berdi. Ushbu tadbirkorlik subyekti “Uzum tezkor” MCHJga tegishli boʻlgan “uzum tezkor” va “uzum food” tovar belgisiga oʻxshash “Uzum” koʻrinishidagi belgidan umumiy ovqatlanish sohasida noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlanib, unga nisbatan huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanilgan edi.

“Uzum tezkor” MCHJ huquqbuzardan tovon puli undirishni soʻrab sudga murojaat qildi va sudning 28.07.2025-yildagi qarori bilan “brend oʻgʻrisi” “F.T.” MCHJdan 75 mln. soʻm tovon puli, davlat bojlari va boshqa xarajatlarni hisoblaganda jami 94 mln. soʻm undirilishi belgilandi.

⚠️ Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Manba: Adliya yangiliklari kanali

Bizning manzillar:

  • Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi 64A-uy

👉 Yandex xarita orqali ko'rish


  • Buxoro shahri, "Miral" biznes markazi

👉 Yandex xarita orqali ko'rish

Asosiy sahifa | Biz haqimizda | Bizning xizmatlar